Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Avdiyivkada bo‘lgan ukrainalik askarlarni borib ko‘rdi
Prezident 110-brigada komandiri bilan frontdagi vaziyatni muhokama qildi, askarlarga xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va mukofotlarni topshirdi.
Prezident Volodimir Zelenskiy bir necha oydan beri rus qo‘shinlari tomonidan hujum qilinayotgan Donetsk viloyatidagi Avdiyivkaga tashrif buyurdi. «Avdiyivka. General Mark Bezruchko nomidagi 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigada pozitsiyalariga tashrif buyurdim. Frontning eng qiyin uchastkalaridan biri», — deb yozdi prezident 29 dekabr, juma kuni Telegram’da.
«Mana shunday jangchilar tufayli butun mamlakat omon qolgan bu yil uchun frontda bo‘lgan barchaga rahmat aytaman. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar davlatimizni himoya qilayotganlarga rahmat. Har kuni jangovar natija berayotganlarga rahmat», - deyiladi xabarda.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u brigada komandiri Nikol Chumak bilan asosiy ehtiyojlarni muhokama qilgan va uning yo‘nalishdagi tezkor vaziyat, mudofaa operatsiyalarining borishi haqidagi hisobotini tinglagan. Chumakning so‘zlariga ko‘ra, «dushman harbiylari odamlarni ayamayapti, ammo himoyachilar o‘z pozitsiyalarini mustahkam ushlab turibdi va hatto dushman askarlarini asirga olyapti», deyiladi Ukraina prezidenti saytida.
Prezident Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga shaxsan minnatdorchilik bildirib, harbiy xizmatchilarga mukofotlar, jumladan, kichik serjant Igor Timoshchukka Ukraina Qahramoni «Oltin yulduzi»ni topshirdi. Katta leytenant Yevgeniy Baykov prezidentning «Harbiy xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, prezident shaxsiy tarkib xavfsizligi uchun harbiy xizmatchilarga joylarda topshirish maqsadida mukofotlarni jo‘natdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025