Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda 4 ta sektorga qo‘shimcha ravishda ma’naviyat sektori tashkil etiladi
Hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha ravishda ma’naviyat sektori tashkil etilib, ular joylardagi Ma’naviyat va ma’rifat kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Qonunchilik palatasi deputati Maxfirat Xushvaqtovaning ma’lum qilishicha, bu haqda prezident raisligida ma’naviyat va madaniyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Uchrashuvda soha rivoji uchun alohida prezident qarori qabul qilinishi, Buxorodagi tarixiy maskanda Jadidlar merosi davlat muzeyi ochilishi hamda “Jadid” nomli yangi gazeta tashkil etilishi bildirildi. Madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarda hokimlarning mas’uliyati oshirilib, tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari ishga tushiriladi.
Kelgusi yildan har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garak xonalari bo‘lgan bittadan madaniyat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Joylardagi 600 dan ziyod badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha dastur qabul qilinib, bunga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Maqom va baxshichilik san’atini ilmiy asosda o‘rganish va rivojlantirish kuchaytiriladi.
Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish qo‘llab-quvvatlanadi. Ijodiy buyurtmalar, muallif va tarjimonlarga to‘lanayotgan qalam haqi ko‘paytiriladi. Nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ular 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Musiqa va san’at maktablari muallimlarining oyligi oshirilib, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini budjetdan qoplab beriladi.
Mavzuga oid
19:16 / 24.12.2024
“Muhokamada hali takomiliga yetmagan” – “Ma’naviyat ekspertizasi” qaytarilishi mumkin
11:11 / 16.06.2022
2022 yil uchun sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda
18:21 / 24.01.2022
O‘zbekning g‘ururini qanday ko‘tarmoq kerak? - Olimjon Davlatov bilan suhbat
11:36 / 03.01.2022