O‘zbekiston | 07:33 / 03.01.2024
9596
1 daqiqa o‘qiladi

Ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

Fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini, sog‘lom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda.

Foto: Globallookpress

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish mo‘ljallangan.

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanish ta’minlanadi. Bunda bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlik 30 foizga qisqartiriladi.

Har bir insonning o‘z salomatligiga mas’ulligini oshirish nazarda tutilyapti.

Preventiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish, ta’lim tizimidan boshlab valeologiya asoslarini singdirish ham rejalashtirilgan.

Aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish, tamaki chekuvchilar ulushini 10 foizga kamaytirish mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Mavzuga oid