Eksklyuziv huquqlar berilgan kompaniyalar ro‘yxati tuzildi
Raqobat qo‘mitasi, Kun.uz savoliga javoban ma’lum qilishicha, 2023 yil 1 oktyabrdan e’tiboran eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning reyestrini yurita boshlagan. Lekin bu reyestr hozircha yopiq. Qo‘mita uni ochiq e’lon qilish bo‘yicha taklif kiritilganini bildirdi.
O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 7 iyuldagi qaroriga asosan, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning reyestri joriy etilishi belgilangan edi.
Kun.uz Raqobat qo‘mitasiga: “Bu reyestr joriy etildimi, agar joriy etilgan bo‘lsa, jamoatchilik uchun ochiq tarzda qo‘mita saytiga joylanadimi?” degan savol bilan murojaat qildi.
Qo‘mita axborot xizmatining ma’lum qilishicha, reyestr 1 oktyabrdan ishga tushirilgan, lekin farmonda uni ochiqlash ko‘zda tutilmagani sababli jamoatchilikka e’lon qilinmagan. Shu sababli bu borada alohida hujjat tayyorlanib, Prezident administratsiyasiga kiritilgan. Hujjatda ro‘yxatni hamma uchun ochiq tarzda, qo‘mita saytiga joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Biz sizni eshitamiz” loyihasi joriy qilinishi va uning doirasida har chorakda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
14:25 / 29.10.2024
Davr bank jarimaga tortildi – Raqobat qo‘mitasi
14:06 / 26.10.2024