O‘zbekiston | 16:38 / 09.01.2024
6447
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli chang bo‘roni Buxoro aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yo‘nalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang bo‘roni tufayli belgilangan aeroportga qo‘na olmadi.

Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Samarqand aeroportiga qo‘ndi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘l oldi.

Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Navoiy aeroportiga qo‘ndi.

Mavzuga oid