O‘zbekiston | 09:30 / 09.01.2024
3060
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazmoqchi

Har yili 9 mln nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o‘rta maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekistonda kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu - “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.

Qayd etilishicha, har yili 6,7 mln nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng ko‘p uchraydigan yurak qon-tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkaziladi.

Har yili 18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish ko‘zda tutilyapti.

Shuningdek, har yili 9 mln nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o‘rta maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.

Onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida yiliga 3 mln nafar aholi skriningdan o‘tkaziladi.

Mavzuga oid