O‘zbekiston | 15:04 / 09.01.2024
2935
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortdi 

O‘zbekistonda 2023 yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortdi. 90 ming xonadonli uylarda qurilish ishlari tashkil etilgan. 

Foto: Kun.uz

Yangi joriy etilgan “Tashabbusli budjet” tizimi hududlarda bunyodkorlik ishlari ko‘lamining yanada kengayishiga turtki bo‘ldi. Ushbu tizim orqali olingan 5,5 trillion so‘m mablag‘ hisobiga mahallalardagi 4 ming 701 ta obektda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 132,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oylar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha iyun yetakchilik qilmoqda – 16 trln so‘m.

Undan keyingi o‘rinlardan bajarilgan qurilish ishlari hajmi mos ravishda 14,6 trln so‘m va 14,5 trln so‘mga teng bo‘lgan mart va sentabr oylari joy oldi.

Mavzuga oid