O‘zbekiston | 13:43 / 09.01.2024
2521
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya bilan ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Ruminiya va Shveytsariya elchilari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Ruminiya va Shveytsariya elchilari Daniel Kristian Chobanu va Konstantin Obolenskiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotlar chog‘ida turli daraja va yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Ruminiya va O‘zbekiston-Shveytsariya aloqalarini faollashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda tashkil etishdan tomonlar birdek manfaatdor ekanligi bildirildi. Maslahatlashuvlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berishi qayd etildi.

Parlamentlararo muloqotni faollashtirish, ilm-fan va ta’lim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turli sohalarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvlarda, shuningdek, joriy yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid