O‘zbekiston bo‘ylab «Vatanparvarlik karvonlari» tashkil etilmoqda
Shu kunlarda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan okrug tasarrufidagi har bir garnizonda «Vatanparvarlik karvonlari» tashkil etilmoqda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «Vatanparvarlik karvonlari» targ‘ibot guruhlari tomonidan viloyatlarning markazi va olis hududlarida «Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!» shiori ostida turli uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda harbiy-vatanparvarlik festivallarini o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar Samarqand tumanida, Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiylar Ishtixon tumanida, Jizzax garnizonidagi harbiylar Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanida o‘tkazgan bo‘lsa, Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar esa Navoiy Kon-metallurgiya zavodi xodimlarini vatanparvarlikka undadi.
Shuningdek, tuman rahbarlari ishtirokida harbiy orkestr sadolari jo‘rligida o‘tkazilgan marafonlarda yoshlar davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib, 5000 qadamni bosib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
09:30 / 05.11.2024
Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi
15:35 / 13.03.2024
Har bir maktabda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi
10:23 / 05.08.2022