Ombudsman Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov jazo muddatini o‘tayotgan Navoiy shahridagi jazoni ijro etish koloniyasida monitoring o‘tkazdi.

Foto: Ombudsman
Monitoring tashrifi 5 yanvar kuni Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida mahkumlar bilan suhbatlashilgan, koloniyaning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, davolash bo‘limi, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududidagi sharoitlar o‘rganilgan.
“Mahkumlarning yotoq joylari ko‘zdan kechirilganida ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Dauletmurat Tajimuratov bilan ham uchrashildi. Suhbat davomida Tajimuratov oziq-ovqat ta’minoti yaxshiligini, qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini, kerak bo‘lgan vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Dauletmurat Tajimuratovning Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan huquqlari ta’minlamoqda. Unga alohida cheklovlar o‘rnatilmagan yoki imtiyozlar taqdim etilmagan. Shuningdek, o‘tkazilgan suhbat davomida mahbusga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirib o‘tilgan.
Monitoring tashrifi davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning tavsiyalari kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

12:17 / 26.03.2025
Piskentdagi koloniyada asossiz intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan mahkum Ombudsmanga shikoyat qildi. Uning tanasida lat yeyish alomatlari aniqlangan

20:36 / 18.03.2025
2024 yil O‘zbekistonda Ombudsmanga qilingan murojaatlar soni 23 mingdan ortib ketdi

17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

17:32 / 05.03.2024