O‘zbekiston statistika portali sinov rejimida ishga tushirildi
O‘zbekiston Statistika agentligi tomonidan «Statistika» integrallashgan axborot tizimi yaratildi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, uning negizida siat.stat.uz O‘zbekiston statistika portali sinov rejimida ishga tushirildi.
Natijada rasmiy statistikani e’lon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida so‘rovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi.
Portal rasmiy statistik ma’lumotlarni foydalanuvchilarga qulay ko‘rinishda taqdim etish maqsadida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ma’lumot va metama’lumotlarni elektron almashinishning SDMX standarti talablarini to‘liq inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Shuningdek, portalda 1000 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar joylashtirildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida statistik ko‘rsatkichlarni 5 xil formatda yuklab olish hamda integratsiya yo‘li bilan tizimga ulanish yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:08 / 02.09.2024
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
12:30 / 01.09.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
22:16 / 30.08.2024