O‘zbekiston | 14:24 / 12.01.2024
7579
1 daqiqa o‘qiladi

BAA Andijonda arab tajribasi asosida bog‘ yaratmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida Andijon viloyati Paxtaobod tumani hududida 470 gektar yer maydonida bog‘ yaratilmoqda.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Loyihaning birinchi bosqichida maydonning 20 gektar qismiga golubika rezavori sinov tariqasida tuvaklarda yetishtirilmoqda. Maydon hududi to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimi bilan ta’minlangan.

Loyiha to‘liq ishga tushgach 2000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ushbu rezavor issiqlikka chidamsiz bo‘lgani bois kelgusida maxsus to‘rlar bilan himoyalanadi. Bir gektar maydonga 4000 tup ekilishi natijasida o‘rtacha 400-500 tonna hosil olinishi kutilmoqda.

Qiymati 30 mln AQSh dollariga teng mazkur loyiha doirasida golubika bilan birga, malina va sabzavot mahsulotlarini ham yetishtirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid