Frederik X Daniyaning yangi qiroli bo‘ldi
Qirolicha Margrete II Kopenhagenda taxtdan voz kechishi haqidagi hujjatni rasman imzoladi.
Daniya qirolichasi Margrete II 14 yanvar, yakshanba kuni Kopenhagendagi Kristiansborg saroyida taxtdan rasman voz kechish to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdi. Shundan so‘ng, mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen Margrete II ning o‘g‘lini yangi qirol - Frederik X deb e’lon qildi.
83 yoshli Margrete II 2023 yil 31 dekabrda o‘zining yangi yil nutqida taxtdan voz kechish niyatida ekanligini ma’lum qildi. 14 yanvar sanasi bu qadam uchun tasodifan tanlanmagan.
Bundan roppa-rosa 52 yil avval, 1972 yil 14 yanvarda Daniya taxtiga Margrete II o‘tirgandi. Faqat uning amakivachchasi - Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropada uzoqroq hukmronlik qildi, u 70 yil taxtda o‘tirganidan keyin 2022 yil 8 sentabrda vafot etdi.
Margrete II tushuntirganidek, taxtdan voz kechish qaroriga uning 2023 yil fevralida o‘tkazilgan bel operatsiyasi sabab bo‘lgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ammo Margretega ko‘ra, bu uning taxtdagi istiqbollari haqida o‘ylashga majbur qildi. Daniya qirolichasi taxtdan voz kechish niyatini e’lon qilganida, uning nutqini tinglash uchun Kopenhagendagi Amaliyenborg saroyi oldida to‘plangan odamlar qarsak chalib yubordi.
Mavzuga oid
12:50 / 03.10.2024
Daniya va Shvetsiyada Isroil elchixonalari yaqinidagi portlashlar tekshirilmoqda
22:56 / 15.09.2024
Daniyada noyob tangalar kolleksiyasi 15 mln yevroga sotildi
19:44 / 12.09.2024
Yerosti va yerusti inshootlari: Daniya poytaxti toshqinlardan himoyalanish uchun ulkan infratuzilma qurmoqda
20:21 / 26.08.2024