Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
TIVda O‘zbekiston-Latviya siyosiy muloqotini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Latviya elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.
Raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya va «yashil» texnologiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning 18-davrasi hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
21:42 / 18.03.2025