Eron Pokistondagi sunniy guruh qarorgohiga raketa hujumi uyushtirdi
Tehronga qarshi harakat qiluvchi «Jayshul-Adl» guruhining ikkita shtabi vayron qilindi.
Eron «Jayshul-Adl» jangari guruhining ikki qarorgohiga raketa va uchuvchisiz havo vositalaridan zarbalar berdi. Bu haqda Tasnim xabar berdi.
Hujum Pokistonning Balujiston viloyatidagi «Jayshul-Adl» guruhining eng yirik qarorgohlari joylashgan hududga qaratilgan. Guruh azaldan Eronga qarshi siyosat yuritadi. Tasnim xabariga ko‘ra, ikkala shtab ham vayron qilingan. Hujumning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
The Washington Post qayd etganidek, «Jayshul-Adl» (Adolat armiyasi) sunniy jangari guruhdir. Tehron uni terrorchi tashkilot deb biladi. Dekabr oyida guruh Seiston va Balujistondagi politsiya bo‘limiga hujum uyushtirgan va oqibatda kamida 11 politsiyachi halok bo‘lgan edi.
15 yanvar kuni Eron harbiylari Iroqning Kurdiston hududiga raketa zarbalari berdi. Ta’kidlanishicha, zarbalar nishoni «josuslik markazlari» va «Eronga qarshi terrorchi guruhlar to‘planadigan joylar» bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:07 / 07.10.2024
Eron Isroil hujumi sodir bo‘lgan taqdirda kamida 10 ta chora ssenariysini tayyorladi
11:41 / 07.10.2024
Isroilning quruqlik amaliyoti. Livanga «cheklangan» bosqin katta urushga aylanadimi? Va unga Eron ham qo‘shiladimi?
09:20 / 07.10.2024
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi
14:34 / 06.10.2024