O‘zbekiston | 11:17 / 16.01.2024
27350
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda anomal sovuq kuzatildi

16 yanvar kuni tongda viloyat shimolidagi “Oqbaytal” kuzatuv stansiyasida 17 daraja sovuq qayd etildi.

Foto: Kun.uz

Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida havo harorati 17 darajagacha pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi viloyatning Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida 6-12 darajagacha, shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan «Oqbaytal» meteorologik stansiyasida esa 17 daraja sovuq kuzatilgan. «Oqbaytal»da tuproq yuza qatlamidagi minimal harorat 27 daraja sovuqqa yetgan. 

Shuningdek, shimoliy hududlarda 1-7 sm qalinlikda qor qoplami saqlanib turibdi. Kunning kecha-kunduzlik o‘rtacha harorati, shu kun uchun xos bo‘lgan ko‘p yillik me’yor ko‘rsatkichlardan 1-8 daraja past bo‘lgan. 

Mavzuga oid