O‘zbekiston | 14:34 / 17.01.2024
3761
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda tez yordamga 3,5 mingta yolg‘on chaqiriq bo‘lgan – SSV

O‘tgan 1 yil davomida tez yordamga kelib tushgan yolg‘on chaqiruvlar 2022 yildagidan qariyb 2 mingtaga kamaygan.

Foto: Kun.uz

2023 yilning 12 oyi davomida tez yordam xizmatiga qancha yolg‘on chaqiriq kelib tushgani haqida Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘ofurov ma’lumot berdi.

O‘tgan 2023 yilda “103” xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan. Quvonarlisi, mazkur ko‘rsatkichni 2022 yil bilan taqqoslasak, asossiz murojaatlar soni sezilarli darajada kamayganini ko‘rish mumkin”, – deydi Abduvoitjon G‘ofurov.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, hali ham ayrim hududlarda yolg‘on murojaatlar soni yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, 2023 yil davomida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Toshkent viloyatida qayd etilib, bu raqam 630 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda 518 ta chaqiriq bilan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati – 502 ta yolg‘on chaqiriq bilan 3-o‘rinda turibdi.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Samarqand viloyatida ro‘yxatga olinib, 19 tani tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan 5 ming 446 ta murojaat yolg‘on chaqiriq deb baholangan edi.

Mavzuga oid