Xorazmda Hindiston universiteti kampusi ochilishi mumkin
Xorazm viloyati Hindiston oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ko‘magida Xorazm viloyati hokimligi va Hindistonning SRM University AP universiteti vakillari o‘rtasida onlayn shakldagi muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Viloyat hokimining o‘rinbosari Anvar Davlatov SRM University AP universiteti bilan yoshlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.
SRM University AP xalqaro aloqalar departamenti direktori Aditi Jain mazkur universitetda turli yo‘nalishlarda, jumladan, axborot va aloqa texnologiyalari bo‘yicha bakalavriat va magistratura darajasida mutaxassislar tayyorlanishi, shuningdek, ilmiy ishlar olib borilishini ma’lum qildi.
Hindiston universiteti vakili Xorazm viloyati oliy bilim yurtlari bilan akademik aloqalar o‘rnatish, xususan, qo‘shma o‘quv dasturlari tashkil etish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirdi.
Shuningdek, viloyatda universitet kampusini ochish istiqbollari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlarini Xorazm viloyati delegatsiyasining yaqin kunlarda Hindistonga rejalashtirilayotgan safari chog‘ida batafsil muhokama qilishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
20:45 / 08.10.2024
Hindistonda 100 minglab tomoshabin yig‘ilgan aviashouda besh kishi halok bo‘ldi
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
23:02 / 03.10.2024
Hindiston Oliy sudi qashshoq oiladan chiqqan talabaning kollejga kirish orzusini ro‘yobga chiqardi
21:04 / 02.10.2024