Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika korxonalariga 100 mln dollar ajratiladi
Prezidentning «Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida «Biotexnologiya klasteri» tashkil etiladi.
Farmatsevtika yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan «Asakabank»ga xorijiy ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln AQSh dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada moliya liniyasi ajratiladi;
- «Asakabank» tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar nufuzli xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlaridan 500 mln AQSh dollari miqdoridagi moliya liniyalari jalb qilinadi;
- «Asakabank» jalb qilinayotgan kredit mablag‘larini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda farmatsevtika yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiradi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024-2025 yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
- Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining qisqacha parametrlari;
- Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini faollashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
16:46 / 02.05.2025