O‘zbekiston | 18:09 / 19.01.2024
2393
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yil tez yordamga 13 millondan ko‘p chaqiriq bo‘lgan – SSV

O‘tgan bir yil davomida “103” xizmatiga 13 million 522 ming chaqirish kelib tushgan. Bu – 2022 yildagidan 500 mingtaga ko‘p.

Foto: Kun.uz

Tez yordam xizmatiga 2023 yil davomida qancha chaqiriq bo‘lgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi. unga ko‘ra 1 yil davomida jami 13 million 522 ming 771ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 888 ming 57 nafar katta yoshli, 337 ming 712 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Viloyatlar kesimida tez yordamga eng ko‘p chaqiriq bo‘yicha Farg‘ona, Andijon viloyati va Toshkent shahri yetakchilik qiladi.

  • Farg‘ona viloyati – 1 460 549ta;
  • Andijon viloyatida – 1 374 693ta;
  • Toshkent shahrida – 1 363 610ta;
  • Toshkent viloyatida – 1 288 111ta;
  • Namangan viloyatida –1 257 328ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq Navoiy (413 247ta ), Sirdaryo (491 104ta) va Jizzax (542 043ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta murojaat kelib tushgan edi.

Oldinroq, 2023 yilda “103” xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgani haqida ma’lum qilingan edi.

Mavzuga oid