Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtiradi
O‘zbekiston elchisi Britaniya TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik departamenti direktori Kris Allan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o‘zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025