O‘zbekiston | 11:40 / 23.01.2024
1978
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekistonda misni qayta ishlashni boshlashi mumkin

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda misni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Luna Far East kompaniyasi ijrochi direktori Tyu Sing Chyu bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot davomida Toshkent viloyatida misni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirgan Malayziya tomoniga mis katodlarini xarid qilish, ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni eksport qilishda qo‘llanadigan transport yo‘laklari va tashqi savdo marshrutlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Malayziya kompaniyasi rahbari ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishini, birinchi bosqichda loyiha qiymati 5 million AQSh dollari atrofida bo‘lishini, mahsulotlar to‘liq Yaqin Sharq mamlakatlari va Misrga eksport qilinishini ma’lum qildi.

Muzokaralar natijasida misni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, tegishli tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borish maqsadida joriy yilning mart oyida xorij tomonining O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.

Mavzuga oid