Jahon | 12:42 / 24.01.2024
4712
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda - muxolifatchilar va ular yaqinlarining ommaviy qo‘lga olinishi

Belarus xavfsizlik kuchlari tomonidan bir kun ichida olib borilgan tintuvlar va qo‘lga olishlar 70 dan ortiq sobiq siyosiy mahbus hamda ularning yaqinlariga taalluqli bo‘ldi.

Foto: Sergei Bobylev/TASS/dpa/picture alliance

Belarusda huquq-tartibot idoralari xodimlari 23 yanvar, seshanba kuni 70 dan ortiq sobiq siyosiy mahbus va ularning yaqinlarini tintuv qildi. «Ulardan ba’zilari qo‘lga olindi, ba’zilari esa shunchaki tintuv qilinib, qo‘yib yuborildi. Ular butun mamlakat bo‘ylab odamlarning oldiga kelgani ma’lum. Qayd etish kerakki, ushlashlar va tintuvlar davom etmoqda», - deya xabar berdi «Vesna» inson huquqlari markazi.

Unga ko‘ra, KGB xodimlarining buyruqlarida «ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish» yoki «ekstremistik guruhlarda ishtirok etish» moddalari bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlari ba’zi odamlarga qo‘lga olishlar va tintuvlar Belarusda «ekstremistik tuzilma» deb tan olingan siyosiy mahbuslarga yordam berish bo‘yicha INeedHelpBY loyihasi bilan bog‘liqligini aytdi. Mahalliy vaqt bilan soat 19:45 holatiga ko‘ra, 73 kishi tintuv qilingani yoki qo‘lga olingani ma’lum, deb xabar berdi «Vesna». 

Ushlanganlar orasida - vitebsklik 76 yoshli demokratik faol Boris Xamayda va siyosatchi Nikolay Statkevichning rafiqasi Marina Adamovich bor. Statkevich 2021 yil dekabrida 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Qariyb bir yildirki, qarindoshlari undan xat olmayapti va sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumotga ega emas, deydi huquq himoyachilari.

Mavzuga oid