Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Eksimbanki Toshkentda mintaqaviy ofis ochishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston prezidenti Xitoy Eksport-import banki raisi bilan muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi.
XXR Eksimbankiga 1994 yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir.
Uchrashuvda mamlakatdagi qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani qayd etildi. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025