Litva harbiylariga Rossiya, Belarus va Xitoyga safar qilish taqiqlandi
Litva mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, taqiq ro‘yxati milliy xavfsizlikka tahdid va xavflar baholanganidan keyin tuzilgan. Shuningdek, Litva harbiylariga Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Xitoy hududi orqali quruqlik tranziti taqiqlangan.
Litva hukumati mamlakat harbiy xizmatchilariga rasmiy vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan holatda Rossiya, Belarus va Xitoyga borishini taqiqladi, deb xabar berdi BNS agentligi 25 yanvar, payshanba kuni Vilnyusdagi mudofaa vazirligiga tayanib. Litva mudofaa vazirligi tashrif buyurish taqiqlangan davlatlar ro‘yxati milliy xavfsizlikka tahdid va xavflarni baholash asosida tuzilganini ta’kidladi. Taqiq havodan tashqari ushbu davlatlar hududi orqali tranzitga ham tegishli.
Rossiya, Belarus va Xitoyga borishni taqiqlash harbiy xizmatchi og‘ir kasal bo‘lib qolganligi yoki u yerda yashovchi qarindoshlarining vafoti munosabati bilan u yerga borishi kerak bo‘lgan yoki u qarindoshlarining vasiysi yoki homiysi etib tayinlangan holatlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Rossiya, Belarus va Xitoyga, agar bu Litva harbiy xizmatchisining shaxsiy ishtirokini talab qilsa, mulk huquqi masalalarini hal qilish uchun ham borishga ruxsat etiladi.
Yollashga urinishlar
Sentyabr oyi oxirida Litva inqirozlarni boshqarish milliy markazi maxfiy ma’lumotlar bilan ishlaydiganlar Rossiya, Belarus va Litva uchun xavf tug‘diradigan boshqa mamlakatlarga sayohat qila olmasligini e’lon qildi. Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar 56 ming kishiga ta’sir qiladi.
Taqiq Belarus xavfsizlik xizmatlari yaqinda chegarada faollashgani bilan izohlangan. Litva razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Litva fuqarolari chegara postlarida so‘roq qilinib, shantaj va psixologik bosim orqali Belarus razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
15:29 / 25.11.2024
Vilnyus aeroporti yaqinida yuk tashuvchi Boeing qulab tushdi
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
10:38 / 11.11.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Litva biznes-forumi o‘tkazildi
11:08 / 09.11.2024