Jamiyat | 17:03 / 31.01.2024
7238
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mılk House kompaniyasi Musaffo brendi haqidagi faktlar bilan bo‘lishdi

Asel Satenova - Milk House kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori 2023 yil yakunlarini sarhisob qilib, iste’molchilarning brendga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish haqida aytib berdi.

— 2023 yilning asosiy yutuqlari va ayrim natijalari haqida gapirib bersangiz.

— 2023 yil biz uchun yangiliklarga boy bo‘ldi, biz Musaffo brendi dizaynini o‘zgartirdik. Asosiy e’tibor yogurt-desertlar guruhiga qaratilgan bir qator innovatsion yechimlarni joriy qildik. Bunga misol qilib, yaqinda ishga tushirilgan loyihalardan biri — Musaffo brendidan Engil qoshiqli yogurtlarini ayta olamiz. Musaffo brendining 2023 yildagi eng muhim yutug‘i – “Halol” sertifikatini olganimiz bo‘ldi. Biz uchun yanada ko‘proq sonli iste’molchilarning ishonchini qozonish muhim ahamiyat kasb etadi. Sertifikatning olinishi –  Musaffo brendi ostida ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar haqiqatdan ham sof tarkibga ega ekani va mahsulotimiz tarkibida hech qanday taqiqlangan komponentlar yo‘q ekanini tasdiqlaydi.

— Musaffo brendi ostidagi mahsulotning kuchli tarafi nimada deb o‘ylaysiz?

— Bizning eng kuchli taraflarimizdan biri – mahsulotning sifati va uning xavfsizligidir. Biz «Sara mahsulot – iste’molchilarimiz uchun» tamoyili asosida ishlaymiz va mazali, sifatli va eng muhimi, tabiiy mahsulot ishlab chiqarayotganimizdan juda faxrlanamiz. Biz bunga qanday erishayotganimiz haqida biroz gapirib bermoqchiman.

Avvalo, faoliyatimiz FSSC 22000 xalqaro standartiga asoslangan va bu haqda mahsulotimizning markirovkasida ham aytilmoqda. Ishlab chiqarishdagi barcha tizimlar shunday tashkil qilinganki, ular ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nafaqat nazorat choralari, balki xatarlarni ham inobatga oladi. Natijada, oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tashqi va ichki audit tizimi shakllanadi.

Faoliyatimizning ahamiyatli tarafi – mahsulotlarning tabiiyligidir. Misol uchun, biz yogurtlarga tabiiy mevali to‘ldirmalar qo‘shamiz, meva ta’mini sun’iy ravishda o‘xshatishga urinmaymiz. Biz ta’mni meva yoki rezavor mevaning o‘zidan olamiz. Buni mahsulotning ta’midan sezsa bo‘ladi va bu odamlarni brendga kuchliroq jalb qiladi.

Ma’lumki, sutli mahsulotlarning asosiy iste’molchilari – bu farzandli oilalardir. Bolalar uchun esa ta’m – haqiqatdan ham muhim. Aynan mana shuning uchun biz uzoq yillar davomida aksariyat sut mahsulotlari toifalarida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqdamiz.

Yana bir muhim jihat – antibiotiklar qo‘shilmagan tabiiy sut. Ishlab chiqarishda SanPiN talablariga muvofiq bo‘lmagan sut ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shu bilan birga, laboratoriya sut tarkibida antibiotiklar bo‘lmasligini nazorat qiladi. Antibiotikli sut zavodga mutlaqo qabul qilinmaydi.

Buning ustiga, zavodimizda barcha texnologik jarayonlar avtomatlashtirilgan. Bu degani, inson omili mavjud emas. Biz ilg‘or ishlab chiqaruvchilarning uskunalarida ishlaymiz. Ishonchli hamkorlarimiz –  Tetra Pak, GEA, Erca, Taurus va boshqa yetakchi kompaniyalardir.

Bundan tashqari, korxonamizning texnik xizmati tomonidan ishlab chiqarishni nazorat qilish tizimi joriy qilingan, shuningdek, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishning har bir bosqichida – xomashyoni qabul qilish, uning tarkibini me’yorga keltirish, fermentlash, qadoqlash va tayyor mahsulotni yuklab, jo‘natishda laboratoriya nazorati amalga oshiriladi.

Ko‘rib turganingizdek, barcha bo‘limlarimiz faoliyati bir butun yaxlit faoliyatga birlashadi va mana shu barcha harakatlarning natijasida iste’molchimizga mazali va tabiiy Musaffo mahsuloti yetkaziladi!

— Sizning kompaniyangiz iste’molchi bilan o‘zaro munosabatlar borasida qanday taktikaga asoslanib ish yuritadi?

— Biz uchun har bir iste’molchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ishonch hosil qilishi juda muhimdir. Shu sababli, “Ochiq eshiklar kuni” loyihasining joriy etilishi biz uchun ahamiyatli yechim bo‘ldi. Ishlab chiqarish – bu har bir kompaniya uchun o‘ziga xos bo‘lgan, oshkor qilinmaydigan  strategik masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan yopiq jarayondan iborat  ekanini biz tushunamiz. Shu bilan birga, biz xaridor uchun Musaffo mahsuloti qanday qilib va qaysi sharoitlarda ishlab chiqarilishini bilish muhim ekanini ham bilamiz.

Shuning uchun biz yaqin orada har bir iste’molchi bizning mahsulotimiz haqiqatdan ham barcha belgilangan talablar va sifatga muvofiq ishlab chiqarilayotganiga ishonch hosil qila olishi uchun zavodga ekskursiya tashkil qilib, ochiq eshiklar kuni seriyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Istak bildirgan barchani kompaniyamizda mehmon qilishdan nihoyatda mamnun bo‘lamiz!

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasi, 23

Aloqa raqami: +99878 1203334

Telegram: https://t.me/musaffo_uzb

Instagram: instagram.com/musaffo.uz

Facebook: fb.com/musaffoUz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid