Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy «Tolibon» vakilini Afg‘oniston elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazdi
Avvalroq, Xitoy «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistonga rasman yangi elchi tayinlagan birinchi davlat bo‘lgan edi.
Xitoy rahbari Si Jinping Afg‘onistonning Xitoydagi yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
30 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda 42 davlat elchilari Si Jinpingga ishonch yorliqlarini topshirdi. Ular orasida Bilol Karimiy ham bor edi, u ilgari «Tolibon» hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Avvalroq, Xitoy «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistonga rasman yangi elchi tayinlagan birinchi davlat bo‘lgan edi. Chjao Sheng 2023 yil 13 sentabr kuni Kobulda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Afg‘onistonning tan olinmagan hukumati rahbari Muhammad Hasan Oxundga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Xitoy rasmiylari Chjao Shengning tayinlanishi «Tolibon» hukumatini rasman tan olishga tayyorlik belgisi ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Tolibon 2021 yil 15 avgustda Kobulni egallab oldi va uch haftadan so‘ng yangi hukumat tayinlanishini e’lon qildi. Ammo dunyoning hech bir davlati bu harakatni Afg‘onistonning qonuniy hukumati sifatida rasman tan olgani yo‘q. Xalqaro hamjamiyat yangi hokimiyatdan Afg‘onistondagi turli etnik-siyosiy kuchlar vakillari, shuningdek, ayollardan iborat koalitsion hukumat tuzishni talab qilmoqda. O‘z navbatida, «Tolibon» hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni istayotganini ta’kidlab, barcha davlatlarni Kobulda o‘z elchixonalarini qayta ochishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025