Andijonda 6 tup chinorni kesganlarga jinoyat ishi ochildi
Asaka tumanida 6 tup ko‘p yillik chinor kesib tashlandi. Bu orqali tabiatga 317 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Asaka tumanida ko‘p yillik manzarali daraxtlarni kesib tashlash holati aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyat prokuraturasi, viloyat Milliy gvardiya hamda Ekologiya boshqarmalari xodimlari tomonidan nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Asaka tumani, “Yangiobod” MFY hududida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilgani aniqlangan.
O‘tkazilgan surishtiruvlar davomida mazkur chinor daraxtlarini kesish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ruxsatnomalar olinmagani, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgani ma’lum bo‘lgan. Chinorlarni kesish orqali o‘simlik dunyosiga 317 mln 50 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oldinroq Qashqadaryo hamda Buxoroda daraxt kesganlar jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid
07:20
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024