Pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to‘lamaydi
O‘zbekistonda pedagoglar yana bir holatda davlat boji to‘lashdan ozod qilindi.
O‘zbekistonda pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to‘lamasligi belgilandi.
Prezident tomonidan imzolangan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma’muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Mavzuga oid
09:30 / 22.11.2024
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024