Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentdagi issiqxonalarning birida avtomobil shinalari yoqilgani aniqlandi
Bektemir tumanidagi «Bekuz kelajak» issiqxonasi olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalangani va filtrlovchi moslamalari nosoz ekani aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan atrof-muhitni ifloslantirganlik bo‘yicha hisob-kitob ishlari olib borilmoqda.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Toshkent shahri Bektemir tumanidagi «Bekuz kelajak» issiqxonasi tomonidan atmosferaga zaharli gazlar chiqarilayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, issiqxonaning filtrlovchi moslamalari nosoz ekani aniqlangan. Shuningdek, bu yerda olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalanilgan, ekologik ekspertizadan o‘tmagan va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan.
Holat yuzasidan issiqxona mas’ul xodimidan tushuntirishi xati olingan. Qozonxonani ta’mirlash, maxsus chang-gaz ushlab qoluvchi filtrlarni yangilash hamda avtotransport shinalarini yoqmaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Vazirlik matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga qo‘shimcha qilishicha, ulardan ifloslantirganlik bo‘yicha kompensatsiya undiriladi. Hozirda holat yuzasidan tegishli chora ko‘rish va atrof-muhitni ifloslantirganligi bo‘yicha hisob kitob ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi
17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi
10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
10:24 / 15.05.2025