Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google butun internetni zaxirada saqlashni to‘xtatadi
Google veb-sahifalarning keshlangan versiyalarini ko‘rsatishni o‘chirib qo‘ygani haqida xabar berdi.
Google o‘zining qidiruv tizimining eng qadimgi funksiyalaridan biri - Google keshida saqlangan saytlar nusxalarini ko‘rsatishdan voz kechishga qaror qildi. Buni Google qidiruv xizmati mutaxassisi Denni Sallivan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tasdiqladi.
«Ha, funksiya olib tashlandi. Bilaman achinarli. Men ham xafaman. Bu bizning eng qadimgi funksiyalarimizdan biri edi. Ammo kesh sahifalarni yuklashga yordam berish uchun kerak edi, chunki ilgari bu qiyin edi. Bugungi kunda vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi. Shuning uchun kompaniya keshdan voz kechishga qaror qildi», deb tushuntirdi Sallivan.
Ekspert Google qidiruvi kelajakda Internet Arxiv xizmati resurslarida saqlanadigan sahifalarning arxivlangan versiyalariga havolalar berishni boshlashi mumkinligini taklif qildi.
Google keshidagi sahifa versiyasini ko‘rsatish funksiyasi 2023 yil dekabrida ba’zi foydalanuvchilar uchun yo‘qolib qolgan edi. Shuningdek, u o‘chirilgan yoki o‘zgartirilgan materiallardan foydalanish imkonini berar edi.
Sahifalarning eski versiyalariga keshlangan havolalar Google qidiruv sahifasidagi har bir natija yonidagi menyuda joylashar edi. Tizimning qidiruv roboti tom ma’noda har bir resursning nusxasini saqlaganligi sababli, Google hozirda deyarli butun Internet arxiviga ega, uning hajmi, ehtimol, petabaytlarda (1 petabayt = 1 ming terabayt) o‘lchanadi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
20:45 / 22.04.2025