Sport | 08:18 / 03.02.2024
14509
1 daqiqa o‘qiladi

Umar Eshmurodov Malayziya klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Umar Eshmurodov faoliyatini Malayziyada davom ettiradi. 

Foto: Selangor

«Selangor» klubi 31 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi.

Eshmurodov 2018 yildan beri «Nasaf»da o‘ynab kelayotgandi. U o‘tgan mavsumda Superligada 22ta bahsda 1ta golga assistentlik qilgan.

Ma’lumot uchun, «Selangor» o‘tgan mavsumda Malayziya chempionatida 2-o‘rinni egallab, OChL saralash bosqichiga yo‘l olgan.

Mavzuga oid