Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasiga “Tolibon” tayinlagan diplomat rahbar bo‘ldi
Pokiston, Eron, Turkmaniston, Xitoy, Rossiya va Qatardan keyin O‘zbekistonda ham Afg‘onistonning rasmiy vakolatxonasini “Tolibon” tomonidan tayinlangan diplomat boshqara boshladi.
Afg‘oniston kon va neft vazirining o‘g‘li Mog‘furulloh Shahob 2 fevral kuni “Tolibon” harakati tomonidan Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi rahbari etib tayinlandi.
Bu haqda xabar bergan afg‘on nashrlari avvalroq “Tolibon” rahbari mansabdor shaxslarga o‘z qarindoshlarini ishga olishni taqiqlaganini qo‘shimcha qilmoqda.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Afg‘onistonning avvalgi hukumati tomonidan tayinlangan elchi Ahmad Xolid Elmi missiyasini yakunlab, mamlakatiga qaytib ketgan. Shundan keyin Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasida yuqori lavozimda ishlab kelgan diplomat Mog‘furulloh Shahob elchixonaning muvaqqat boshqaruvchisiga aylangan.
Manbaning aniqlik kiritishicha, uning rasmiy maqomi elchi emas.
Bunga qadar Pokiston, Eron, Turkmaniston, Xitoy, Rossiya va Qatar “Tolibon” tomonidan tayinlangan diplomatlarni qabul qilgandi. Afg‘onistonning qo‘shnilaridan faqat Tojikiston afg‘on elchixonasi nazoratini “Tolibon” qo‘liga topshirmagan.
Ayni paytgacha “Tolibon” tomonidan faqat bitta davlatga – Xitoy Xalq Respublikasiga elchi yuborilgan. O‘tgan hafta XXR raisi Si Jinping “Tolibon” elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qilib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston muvaqqat mudofaa vaziri Muhammad Yoqub bilan uchrashgan edi.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024
“Tolibon” Vahan koridorini ochmoqchi. Bu qanchalik real?
22:50 / 26.09.2024
Bir qancha G‘arb davlatlari «Tolibon»ni ayollarni kamsitgani uchun sudga bermoqchi
23:22 / 24.09.2024