O‘zbekiston | 11:16 / 06.02.2024
23880
1 daqiqa o‘qiladi

Po‘lat Bobojonovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ramazon Ashrapov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.   

Foto: IIV

Prezident qarori bilan Ashrapov Ramazon Ahmadxo‘jayevich ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 5 fevral kuni ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ramazon Ashrapov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.  

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Yahyojon Abdulhaqov oldinroq boshqa ishga o‘tayotgani sababli lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid