Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taqdirlanadi
Ularga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti beriladi.
Prezident farmoni bilan «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, endi axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi (ilgari 2 yil edi).
Mavzuga oid
17:07 / 16.03.2025
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi
20:33 / 04.03.2024
Prezident «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi
21:04 / 06.03.2023
Prezident bir qancha o‘quvchi va talabalarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirladi
08:42 / 06.03.2022