O‘zbekiston | 13:03 / 08.02.2024
9461
1 daqiqa o‘qiladi
Foto: Ko‘ksaroyda Lukashenkoni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi
Ko‘ksaroy qarorgohida Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Mavzuga oid
21:50 / 04.10.2024
Lukashenko: prezident vertolyotiga hujum urushga olib keladi
19:20 / 04.10.2024
Lukashenko Ukrainani qayta tiklashga yordam taklif qildi
15:30 / 01.10.2024
Haagadagi XJCdan Lukashenkoga qarshi tergov o‘tkazish so‘raldi
20:37 / 24.09.2024