O‘zbekiston | 10:35 / 08.02.2024
6739
1 daqiqa o‘qiladi

Rus aviakompaniyasining Toshkent-Moskva reysi noma’lum muddatga kechiktirildi

Texnik sabablar bilan Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi amalga oshirishi kerak bo‘lgan Toshkent – Moskva reysi kechiktirildi. Uzbekistan Airports ayni vaqt parvoz kechikish vaqti 6 soatdan oshganini ma’lum qildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Toshkent vaqti bilan 8 fevral kuni soat 03:45 da parvoz qilishi rejalashtirilgan SU1871, Toshkent – Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga kechiktirildi.

Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi amalga oshirishi kerak bo‘lgan parvozning kechikish vaqti 6 soatdan oshmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, aviakompaniya tomonidan reys yo‘lovchilarini mehmonxonaga joylashtirish tashkillashtirilgan. Rasmiy xabarda parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aviatashuvchidan, shuningdek, Uzbekistan Airports rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkinligi eslatilgan.

Mavzuga oid