O‘zbekiston | 20:06 / 09.02.2024
27845
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Mirziyoyev va Lukashenko «Amirsoy»da chang‘i uchishdi

O‘zbekiston rahbari belaruslik mehmon bilan «Amirsoy» tog‘-chang‘i majmuasida ham uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Aleksandr Lukashenko «Amirsoy» tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdi.

Bir kun oldin Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olgandi. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025 yillarda Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha dastur va Turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» tog‘ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Yetakchilar samimiy muloqotni tog‘-chang‘i trassasida davom ettirib, birgalikda chang‘i uchishdi.

Mavzuga oid