Jahon | 20:50 / 14.02.2024
8344
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya mudofaa vaziri prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Subianto 57-60 foiz ovozni qo‘lga kiritgan. Rasmiy natijalar 1 oy muddatda e’lon qilinishi mumkin. 

Foto: Getty Images

Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto 14 fevral kuni mamlakatdagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. 

«Ovozlar tez sanab chiqilganidan minnatdormiz. Biz g‘alabadan mag‘rur va haddan tashqari xursand bo‘lmaslik kerak, kamtarlik ko‘rsatishimiz lozim. Bu g‘alaba butun Indoneziya xalqining g‘alabasi bo‘lishi kerak», deb uning so‘zlarini keltirdi AP. 

Hozircha Markaziy saylov komissiyasi uning g‘alabasi haqida hech qanday xabar bermadi. Subianto raqiblari ham mag‘lubiyatni tan olmadi. 

OAV ixtiyoridagi exit-poll ma’lumotlariga ko‘ra, Subianto 57-60 foiz ovozni qo‘lga kiritgan. Ovozlarni to‘liq sanab chiqish va rasman e’lon qilish uchun 35 kungacha vaqt ketishi mumkin. 

G‘alaba qozonish uchun nomzodlar birinchi bosqichda 50 foiz ovoz to‘plashi kerak. Agar ulardan hech biri bu maqsadga erishmasa, eng yuqori foizga ega bo‘lgan ikki nomzod o‘rtasida ikkinchi tur o‘tkaziladi. Agar tayinlansa, u 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Yangi prezident inauguratsiyasi 20 oktyabrda bo‘lib o‘tadi va ikki hafta ichida vazirlar mahkamasi tayinlanishi kerak. 

Subianto o‘zini mamlakatdagi eng mashhur prezident Joko Vidodo (u Indoneziyani 2014 yildan beri boshqarib keladi) siyosatining davomchisi sifatida ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Subianto Indoneziyaning amaldagi prezidentining o‘g‘lini ehtimoliy vitse-prezident sifatida tanladi.

Mavzuga oid