Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi
«Minskiy motornyy zavod» OAJ hamda «Planeta Servis» MChJ O‘zbekistonda dizel-generatorlari va kompressor stansiyalarini yig‘ishni tashkil etishga qaratilgan yangi loyiha bo‘yicha kelishuvga erishgan.
O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Belta» axborot agentligiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, «Minskiy motornyy zavod» OAJ hamda «Planeta Servis» MChJ O‘zbekistonda dizel-generatorlari va kompressor stansiyalarini yig‘ishni tashkil etishga qaratilgan yangi loyiha bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu borada Belarus rusumli qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha litsenziya shartnomalari imzolangan.
Qayd etilishicha, kelgusida kompaniyalar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi traktorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. 2023 yilda Minsk motor zavodi O‘zbekistonga traktor eksportini 2022 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshirgan. O‘zbekistonda quriladigan yig‘ish sexi nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratadi, balki mamlakatga texnologiyalar import qilinishiga ham hissa qo‘shadi.
Oldinroq Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolangandi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025