O‘zbekiston | 09:10 / 16.02.2024
5706
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga vizasiz rejim bugundan kuchga kiradi

O‘zbekistonliklar 30 kundan oshmagan muddatda ushbu mamalkat hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.  

 O‘zbekiston fuqarolari bugun, 16 fevraldan Birlashgan Arab Amirliklariga vizasiz borishlari mumkin.   

2024 yil 16 yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolangan edi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etilgan.    

“Dunyo” axborot agentligiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 29 ta davlatiga vizasiz borishlari mumkin. Shu tariqa O‘zbekiston «Passport Index» jahon reytingida 69-o‘ringa ko‘tarilgan.   

Oldinroq o‘zbekistonliklar Eronga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kungacha sayohat qilishlari mumkinligi xabar qilingandi. Bu tartib joriy yilning 4 fevralidan kuchga kirgan edi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid