Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Britaniyaga hamshiralar ishga yuboriladi
Bu masalada ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishilgan.
Endi O‘zbekistondan Britaniyaga hamshiralar ham ishga yuboriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, agentlik bu masalada britaniyalik ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishgan.
“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi ko‘plab yurtdoshlarimiz murojaatlaridan kelib chiqib, Buyuk Britaniyaga tibbiyot sohasiga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuvga muvofiq, yaqin kunlarda ingliz tilini biladigan hamshiralar uchun Buyuk Britaniyada ishlash bo‘yicha e’lon berilishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.
Ma’lumot uchun, shu paytgacha O‘zbekistondan Britaniyaga asosan qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilish uchun odam yuborilayotgandi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreya qariyb 40 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif etayotgani, Germaniyaga esa 50 ming odam yuborilishi mumkinligi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025