Samarqandda elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi
U elektr ta’minotidagi nosozlikni bartaraf etayotganda simyog‘och bilan birga qulab tushgan.
Samarqand viloyatida elektromontyor halok bo‘lgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hodisa 2024 yil 16 fevral kuni soat 18:00 larda yuz bergan.
Paxtachi tumani elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bo‘lib ishlovchi, 1981 yilda tug‘ilgan B.S. “Tadbirkor” MFY hududida simyog‘ochga chiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etayotganida kuchli shamol sababli simyog‘och bilan birga yiqilib, vafot etgan.
Shu kunning o‘zida tuman ETK tomonidan xodimlar bilan o‘tkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha yuritilgan hujjatlar tegishli tartibda olingan.
2024 yil 17 fevral kuni marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 02.10.2024
Samarqandda tormozi ishlamay qolgan “Kamaz” 7 ta mashinani pachoqladi
19:00 / 13.09.2024
Urgutda tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
13:30 / 01.09.2024
Samarqandda 10 ming dollarga giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi
13:40 / 11.08.2024