Mask miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi odamning ahvoli haqida ma’lumot berdi
Hozircha bemor kompyuter kursorini fikr kuchi bilan boshqarishni o‘rganib olgan.
Miyasiga Neuralink kompaniyasi chipi o‘rnatilgan birinchi bemor allaqachon tuzalib ketgan va endi kompyuter kursorini fikr kuchi bilan boshqara oladi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask xabar berdi.
«O‘zgarishlar yaxshi va bemor nojo‘ya ta’sirlarsiz tuzalib ketganga o‘xshaydi. Bemor shunchaki fikr kuchi bilan kursorni ekran bo‘ylab harakatlantirishi mumkin. Keyingi qadam — kursorni bosish», deb Mask so‘zlarini keltirdi The Independent.
Milliarder so‘zlariga ko‘ra, bemor kasallik tufayli oyoq-qo‘llarini qimirlata olmaydi, ammo Neuralink neyrochipi unga va boshqalarga ushbu kasallikdan tuzalish imkonini beradi. Kelajakda bu nafaqat elektronikani boshqarish, balki oyoq-qo‘llar harakatchanligini tiklash, depressiyaga qarshi kurashish, eshitish qobiliyatini tiklash va hatto miyani yanada samarali ishlashi imkonini beradi.
Neuralink loyihasi 2016 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2023 yilda kompaniyaning qiymati 5 milliard dollarga baholangan edi. Ayni vaqtda Mask kompaniyasi insonga chip o‘rnatishda ustuvorlikka da’vo qilmaydi: Synchron startapi 2022 yildayoq odamga miya-kompyuter interfeysini joylashtirgan. U elektron qurilmalarni fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 15.11.2024
Tramp jamoasini shakllantirmoqda. So‘nggi tayinlovlardan uning ikkinchi muddati qanday bo‘lishini bilish mumkinmi?
20:38 / 14.11.2024