Iqtisodiyot | 09:46 / 20.02.2024
7884
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 62,6 mlrd dollarga yetgan

2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi qariyb 62,6 mlrd AQSh dollariga yetgan. 

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 23,9 foizga oshgan.

Bunda: eksport – 24,4 mlrd (23,8 foizga oshgan), import – 38,1 mlrd (24 foizga oshgan).

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 foiz), Rossiya (15,8 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd etilgan.

Mavzuga oid