O‘zbekiston | 14:00 / 24.02.2024
3041
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy kompaniyalarning akkreditatsiya pasporti tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga akkreditatsiya guvohnomalarini rasmiylashtirish pasporti tasdiqlanmoqda.

Vakolatli organ – Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Akkreditatsiya guvohnomasini olish uchun DXM yoki YaIDXP orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

  • ariza (kelib chiqish mamlakati, ta’sischilari to‘g‘risida ma’lumotlar, faoliyati tarixi, xodimlarining umumiy soni, so‘nggi moliya yilida tovar (ish, xizmat) ayirboshlash hajmi, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar bo‘yicha shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa), vakolatxonani ochish muddati ko‘rsatilgan holda);
  • xorijiy tashkilotning ta’sis hujjatlari;
  • tashkilot chet davlatda ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma, guvohnoma yoki litsenziya
  • vakolatxona boshlig‘iga berilgan ishonchnoma;
  • vakolatxona to‘g‘risidagi nizom.

Ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni. Guvohnoma bir yildan uch yilgacha muddatga beriladi. Davlat boji summasi – 48 BHM.

Mavzuga oid