O‘zbekiston | 22:03 / 27.02.2024
8620
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida soxta sud majlisida hujjat qabul qilingani aniqlandi

Sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangani ta’kidlanmoqda. 

Toshkent viloyati, Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi o‘tkazilmagan sud majlisini go‘yoki bo‘lib o‘tgan, deb qayd etib, tegishli sud hujjatini qabul qilgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Sudyalar oliy kengashi munosabat bildirdi. 

Qayd qilinishicha, mazkur holat yuzasidan o‘z vaqtida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. 

Munosabatda hodisa qachon bo‘lgani, qanday hujjat qabul qilingani, sudyaning ismi-sharifi va unga nisbatan qo‘llanilgan jazo qandayligiga aniqlik kiritilmagan. 

«Mazkur qarordan norozi taraf Sudyalar oliy malaka hay’ati va Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid