O‘zbekiston | 08:10 / 28.02.2024
2424
2 daqiqa o‘qiladi

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari belgilandi

2024 yil 1 iyunga qadar jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlar Ekologiya vazirligi tomonidan mustaqil ta’lim shaklida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 24 fevralidagi «Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorida qayd etilgan.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Nizomda jamoatchilik ekologiya nazoratchisi faoliyatini tashkil qilish tartibi, maqomi, vazifasi, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Xususan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan va 18 yoshga to‘lganlar ekologiya nazoratchisi bo‘lishi mumkin.

Ekologiya nazoratchisi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qo‘yishda ishtirok etish;
  • ekologik huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, brakonerlikka qarshi kurashish;
  • tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish.

Ekologiya nazoratchisi quyidagi huquqbuzarliklarni aniqlaganda dalolatnoma rasmiylashtiradi:

  • chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash yoki yoqib yuborish;
  • avtotransport vositalarini ochiq suv havzalari yaqinida yuvish hamda oqova suvlarni ushbu havzaga oqizish;
  • qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish;
  • jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni belgilanmagan joylarga oqizish;
  • noqonuniy ov qilish;
  • daraxtlarni noqonuniy kesish, o‘simliklarni yo‘q qilishga olib keluvchi boshqa holatlar.

Mavzuga oid