Jahon | 18:28 / 01.03.2024
17068
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston elektr tarmoqlarida yirik avariya yuz berdi 

1 mart kuni ertalab Dushanbe shahri va Tojikistonning aksariyat viloyatlari elektr va issiqlik ta’minotisiz qoldi. 

Qayd qilinishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:10 da mamlakat elektr tarmoqlari ishdan chiqqan. Shuningdek, fuqarolar issiqlik ta’minoti o‘chirilgani va ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar, shuningdek, ayrim uyali aloqa operatorlari tomonidan aloqa va internet uzilib qolayotganidan shikoyat qilgan. 

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Dushanbedagi elektr tarmog‘ida avariya ro‘y bergan, oqibatda nimstansiyaning haddan tashqari yuklama ostida qolgani sababli, shaharda elektr energiyasi o‘chirilgan. 

«Dushanbe shahridagi elektr tarmog‘ida avariya yuz berdi, oqibatda shahar mahalliy vaqt bilan 11.10 dan 13.54 gacha elektr energiyasidan uzildi. Nurek GES orqali elektr energiyasini qabul qiluvchi nimstansiyaning haddan tashqari yuklama ostida qolgani tufayli avariya sodir bo‘ldi», deyiladi xabarda. 

Dushanbedagi nimstansiyada shoshilinch ta’mirlash ishlari olib borilgan, 2 soat 44 daqiqadan so‘ng elektr ta’minoti tiklangan. 

Mavzuga oid