MH370 reysi yo‘lovchilarining oilalari qidiruv ishlarini qayta boshlashga chaqirdi
2014 yilda radarlardan yo‘qolgan va bortida 239 kishi bo‘lgan Malayziya samolyotining izlari topilmadi. Malayziyada yo‘lovchilarning 500 ga yaqin qarindoshlari va ular tarafdorlari xotira kuniga yig‘ildi.
MH370 reysidagi yo‘lovchilarning 500 ga yaqin qarindoshlari va ular tarafdorlari deyarli o‘n yildan beri bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan Malayziya samolyotini yangidan izlashga chaqirdi. 3 mart, yakshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur yaqinidagi savdo markaziga odamlar xotira kunini nishonlash uchun yig‘ildi, deb xabar berdi AFP. Ba’zi odamlar samolyot yo‘lovchilarining deyarli uchdan ikki qismini tashkil etgan Xitoydan kelgan.
Samolyot bortida onasi bo‘lgan 36 yoshli advokat Greys Neytan agentlikka shunday dedi: «So‘nggi o‘n yil men uchun his-tuyg‘ular pallasi bo‘ldi. MH370 - tarixga aylanmadi». U yangi qidiruv ishlarini boshlashga chaqirdi. Samolyotda o‘g‘lini yo‘qotgan xitoylik 67 yoshli Liu Shuang Fong uning uchun «adolat» talab qildi. «Samolyot qayerda?» - deya savol berdi u hamda qidiruvni davom ettirishni talab qildi.
MH370 reysi halokati
Kuala-Lumpur – Pekin yo‘nalishida MH370 reysini amalga oshirgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 2014 yil 7 martdan 8 martga o‘tar kechasi havoga ko‘tarilganidan bir soat o‘tmay radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Layner bortida 227 yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, layner qulagan va uning qoldiqlari Hind okeanining janubiy tubiga g‘arq bo‘lgan. 2015 yil yanvarida Malayziya rasmiylari bortdagilarning barchasini rasman halok bo‘lgan deb e’lon qildi.
Samolyot yoki yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini topishga bo‘lgan barcha urinishlar hozircha muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. 120 ming kvadrat kilometr maydonda olib borilgan suvosti qidiruv ishlarida qoldiqlar izi topilmadi. Turli vaqtlarda turli joylarda yo‘qolgan samolyotga tegishli 27 ta parcha topilgan. Bundan ekspertlar mashina parchalanib ketgan degan xulosaga keldi, biroq ular bu havoda yoki suvga urilganda sodir bo‘lgani hamda nima sababdan yuz berganini oxirigacha aniqlay olmadi. MH370 reysi taqdiri sirligicha qolmoqda.
MH370 reysi: fitna nazariyalari
2018 yil iyul oyi oxirida Malayziya hukumati samolyotning g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha tergov natijalari bo‘yicha «yakuniy hisobot»ni taqdim etdi. 450 sahifalik hujjatning asosiy xulosasi shundan iboratki, tergov guruhi «MH370 yo‘qolishi sababini yakuniy tarzda aniqlay olmaydi».
Hisobotda, shuningdek, nima uchun samolyot yarim tunda to‘satdan yo‘nalishidan chiqib ketgani va, ehtimol, dispetcherlarga javob bermay, bir necha soat davomida parvozni davom ettirgani haqida hech qanday asosli izoh berilmagan. Shu bilan birga, hujjatda qayd etilishicha, layner taqdiriga «ayrim uchinchi shaxslarning aralashuvi ehtimolini» inkor etib bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:01 / 21.11.2024
Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
15:52 / 25.10.2024